Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun test sinovlarida qatnashish ruxsatnomalari e’lon qilindi.
Ushbu imtihonlar xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1452 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun ajratilgan 200 ta maqsadli kvota doirasida o‘tkaziladi.
Test sinovlari 2026-yil 28-oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar imtihonda qatnashish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
Ruxsatnomada test sinovlari o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan. Talabgorlardan imtihon joyiga belgilangan vaqtdan kechikmay kelish so‘ralgan.
Test o‘tkaziladigan binoga pasport yoki ID-karta orqali kirishga ruxsat beriladi. Talabgorlardan imtihonga elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, oziq-ovqat va boshqa ortiqcha buyumlarni olib kelmaslik talab etiladi.








