Salomatlik

Ingliz olimlari o‘pka saratonini davolovchi robot yaratdi

Avvallari bemorlarni davolayotgan yoki operatsiya qilayotgan robotlarni faqat fantastik filmlarda ko‘rganmiz. Endi esa bu xayolotlar haqiqatga aylanmoqda.

Ingliz olimlari o‘pka saratonini davolovchi robot yaratdi

 

Jarrohlik sohasida innovatsion texnologiyalar, xususan, o‘ta aniqlikda ishlovchi robotlardan foydalanilishi zamonaviy tibbiyot imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirdi. Eʼtiborlisi, sunʼiy idrok bilan boshqariladigan bunday qurilmalar hech qachon toliqmaydi va kuniga 24 soat davomida tanaffussiz ishlay oladi.

 

Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari uzoq izlanishlardan so‘ng o‘pka saratonini aniqlash va davolashda qo‘l keladigan robot yaratdi. Ushbu innovatsiya o‘pka va bronxlarning eng nozik qatlamlaridagi saraton to‘qimalaridan namuna olishga qodir. Qolaversa, uning yordamida xavfli o‘simtalar joylashgan nuqtalarning o‘ziga yuqori aniqlikda va samarali tarzda dori yetkazib berish mumkin.

 

Buning uchun robotning maxsus mitti naysimon moslamasi burun yoki og‘iz bo‘shlig‘i orqali bronxial yo‘llarga kiritiladi. U yumshoq elastomerdan yasalgan va mayda magnit zarrachalari bilan jihozlangan. Shu sababli juda moslashuvchan bo‘lib, o‘pkaning murakkab burilishlari bo‘ylab ishlashga qodir.

 

“Yangi ixtiro o‘pka kasalliklarini tekshirish va davolashda qimmatli vosita bo‘ladi, — deydi tadqiqot rahbari, professor Pyetro Valdastri. — Shuningdek, u tashxis jarayonida bemorlarning rentgen nurlaridan zararlanishiga ehtiyoj qoldirmaydi”.

 

Mutaxassislar fikricha, robot tez orada dunyoning yetakchi klinikalarida eng og‘ir kasalliklarni muolaja qilishda keng qo‘llanila boshlaydi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"