Salomatlik

Pandemiya bilan bog‘liq uch ssenariy ma’lum qilindi

Yil oxirigacha koronavirusni jilovlash mumkinmi? Bu davrda pandemiya qanday tus oladi? Kasallikning ortga chekinishi ko‘proq qaysi omillarga bog‘liq?

Pandemiya bilan bog‘liq uch ssenariy ma’lum qilindi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bu borada uch taxminiy ssenariyni  ma’lum qildi. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yil davomida COVID-19 mutasiyaga uchrashda davom etadi, infeksiyaning yana qator yangi shtammlari paydo bo‘lishi mumkin. Ammo ommaviy emlash ko‘rsatkichlari oshishi va aholi immuniteti kuchayishi bilan xastalikning og‘ir asoratlari kamayib boradi.

 

Birinchi ssenariyga ko‘ra, koronavirusning og‘ir kechuvchi shtammlari paydo bo‘lmaydi va kasallikka qarshi mavjud vaksinalar yordamida kurashish kutilgan samarani beradi. 

 

Ikkinchi ssenariyga muvofiq, COVID-19ning hozirgidan ham yuqumliroq va tez tarqaluvchi variantlari yuzaga keladi. 

 

Uchinchi ssenariyga asosan, odamlarni koronavirusning og‘ir asoratlaridan asrash ancha murakkablashadi. Bunday vaziyatda yangi, yanada samarali vaksinalar ishlab chiqarish talab etiladi. 

 

Shunga qaramay, JSST tibbiy niqoblar, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish orqali kasallikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish mumkinligini ta’kidladi. 

 

Eng muhimi, joriy yil ikkinchi yarmiga qadar dunyodagi har bir mamlakat aholisining 70 foizi to‘liq emlanishiga erishish ustuvor maqsad hisoblanadi. Bu jarayonda, avvalo, tibbiyot xodimlari, keksalar va xavf guruhiga mansub boshqa qatlamni qamrab olishga alohida e’tibor qaratish joiz. 

 

“Ba’zi davlatlarda to‘rtinchi doza bilan emlash jarayonlari boshlangani quvonarli, — deydi T. Gebreyesus. — Ammo dunyo aholisining uchdan bir qismi, shu jumladan, Afrikada yashovchilarning 83 foizi hatto birinchi bosqichda vaksina olgani yo‘q. Bu esa barchamizda xavotir va tashvish uyg‘otishi kerak”.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.