Toshkentda tarovih namozi 1-aprel kunidan boshlab o‘qiladi — Musulmonlar idorasi
Musulmonlar idorasi tarovih namozlarida o‘qiladigan xatmi Qurʼonning kunlik taqsimotini belgiladi.

Musulmonlari idorasining Qurʼon va tajvidni o‘rgatish bo‘limi tomonidan 1443/2022 yil Ramazon oyida Toshkent shahri masjidlarida tarovih namozlarida o‘qiladigan xatmi Qurʼonning kunlik taqsimoti belgilandi. Unga ko‘ra, xatmi Qurʼon ro‘zaning birinchi kunidan boshlab, 27 sana – Qadr kechasida yakunlanishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda musulmonlar idorasi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, tarovih namozlari joriy yilning 1-apreldan 27-aprel kuniga qadar o‘qilishi belgilandi.







