Ta'lim

Qirg‘izistonda O‘zbekiston mablag‘lari evaziga qurilgan 330 o‘rinli yangi maktab ochildi

Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘izistondagi maktab ochilishida videokonferensiya aloqa orqali ishtirok etdi.

Qirg‘izistonda O‘zbekiston mablag‘lari evaziga qurilgan 330 o‘rinli yangi maktab ochildi

 

Qirg‘iziston prezidentining chegaradosh viloyatlardagi vakolatli vakillari va O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi doirasida M.Bayetov nomidagi umumtaʼlim maktabining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Maktabning ochilish marosimida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov va Bosh vaziri Abdulla Aripov videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

 

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi mazkur maktabning ochilishi ikki xalq o‘rtasidagi buyuk do‘stlik ramzi ekanini taʼkidladi.

 

"Ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivoji ko‘p yillik tarixiy qardoshlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari samarasidir. Botken viloyati O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati bilan chegaradosh va biz o‘zaro manfaatli barcha sohalarda transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish tarafdorimiz. O‘zbekiston rahbariyatiga Botken viloyatida ushbu taʼlim muassasasini qurishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugungi tadbir birodarlik rishtalarimiz yana-da mustahkamlanib, rivojlanib borayotganidan dalolatdir", — dedi Oqilbek Japarov.

 

O‘z navbatida, Bosh vazir Abdulla Aripov bu kabi tadbirlar orqali ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik yana-da mustahkamlanishini taʼkidlab, Qirg‘iziston Respublikasiga tinchlik va farovonlik tiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, maktab qurilishi bo‘yicha kelishuvga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 2021 yil 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi bilan erishilgan edi.

 

330 o‘rinli yangi maktab binosi qurilishi 2021 yil iyul oyida boshlangan edi. Loyihaning smeta qiymati 3,5 million AQSH dollarini tashkil etib, ushbu pullar O‘zbekiston tomonidan ajratilgan.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"