Kelvin Gastelum UFC 273 turnirini tark etdi
Sportchi jiddiy jarohat olgan.

Xabarlarga ko‘ra, o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kelvin Gastelum aralash yakkakurashlar bo‘yicha UFC 273 turnirida qatnashmaydi. Maʼlum bo‘lishicha sportchi jarohat olgan.
UFC 273 musobaqasida Gastelum asli dog‘istonlik fransiyalik jangchi Nassurdin Imavovga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq u viza muammosi tufayli musobaqani tark etdi. Jang UFC 274 musobaqasiga ko‘chirilishi kutilgandi, biroq qisqa fursatda Janubiy Afrika vakili Drikus Du Plessis Nassurdin o‘rniga Kelvin bilan jang o‘tkazadigan bo‘ldi.
Gastelumning jarohatdan so‘ng qachon oktagonga qaytishi hozircha maʼlum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, UFC 272 turniri 9 apreldan 10 aprelga o‘tar kechasi Jeksonvillda (Florida, AQSH) bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida amerikalik Algemeyn Sterling rossiyalik Piter Yan bilan bahs olib boradi.
Avvalroq, Habib Nurmagomedov koronavirusga chalingani va UFC sportchilarining AQSHga kirishida cheklov o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







