Kristian Eriksen “Tottenhem”ga qaytishi mumkin
Klub bosh murabbiyi unga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Brentford” klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Kristian Eriksen “Tottenhem”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Eriksen o‘tgan yozda yurak xurujiga uchraganidan keyin birinchi bo‘lib “Brentford” bilan mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Angliya Premyer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi o‘yindan so‘ng “Tottenhem” uni yana o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligini maʼlum qidi. Eriksen 2013 yildan 2020 yilgacha “shporlar” safida o‘ynagan.
Hozirda “Tottenhem”ni boshqarayotgan Antonio Konte daniyalikni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Gared Beyl yana Angliyaga qaytishi mumkinligi va “Yuventus” futbolchisiga inglizlar qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







