Jahon

Turkiyada zargarlik sanʼati va sanoati

Mamlakatda har yili, taxminan, oltindan yasalgan 250-300 tonna zargarlik mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Turkiyada zargarlik sanʼati va sanoati

 

Turk zargarlik sanʼati — dizayni yuqori darajada sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va doimiy ravishda rivojlanayotgan soha hisoblanadi.

 

Zargarlik sektori Turkiyaning eng yirik ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri bo‘lib, 250 mingga yaqin kishini ish bilan taʼminlaydi. Zargarlik sektorida 5 mingdan ziyod ishlab chiqaruvchi va 35 ming chakana savdo do‘koni faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Turkiyada oxirgi 10 yil ichida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari eksporti sezilarli darajada oshdi. Bu o‘sish bilan Turkiyaning sanoatdagi o‘rni ortdi. Mamlakat bu borada yetakchi davlatlardan biriga aylandi.

 

Turkiya Hindiston, Xitoy, AQSH va Rossiya bilan birga oltin zargarlik buyumlari bozori hajmi bo‘yicha dunyoning eng katta beshta bozoridan biri bo‘lsa, Hindiston va Italiya bilan birga ishlab chiqarish bo‘yicha ilk uch davlat orasida o‘rin egallaydi. Turkiyadagi zargarlik sanoati har yili taxminan 400 tonna oltin va 200 tonna kumushni qayta ishlash va ularni zargarlik buyumlariga aylantirish imkoniyatiga ega, ammo bu quvvatlarning hammasi to‘laqonli ishlatilmaydi. Turkiya dunyoda oltin taqinchoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng ilg‘or 10 davlat orasida bo‘lib, jahon zargarlik sanoatida Turkiya, Italiyaga eng katta raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda.

 

Turkiyada ishlab chiqarilgan zargarlik mahsulotlarining 30-40 foizi eksport qilinadi, qolgan qismi mahalliy isteʼmolchilar, sayyohlar va kichik savdogarlariga sotiladi. Turkiyaga kelgan har to‘rt sayyohdan o‘rtacha bir kishi oltin taqinchoq sotib oladi. Yillik ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining 40 foizga yaqini sayyohlar va xorijlik kichik savdogarlarga sotiladi.

 

Turkiyaning 2019 yilda oltin zargarlik buyumlari eksporti 5 milliard dollarni tashkil etdi. Zargarlik mahsulotlari eksport qilinadigan asosiy mamlakatlar orasida Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, AQSH, Gonkong va Liviya o‘rin olgan.

 

Turk oltin zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish anʼanasining ildizlari 5000 yil oldin borib taqaladi va Anadoluda yashagan barcha sivilizatsiyalar diniy va estetik maqsadlarda ko‘plab zargarlik buyumlarini yaratgan. Anadoluda hukmronlik qilgan xetlar, urartlar, frigiyaliklar, ioniyaliklar, lidiyalar, rimliklar, vizantiyaliklar, saljuqiylar va usmonlilar o‘ziga xos zargarlik uslublarini ishlab chiqqan. Turli xil zargarlik uslublari orasida Anadoluga eng muhim zargarlik uslubini olib kelgan Saljuqiylar edi. Usmonlilar imperiyasining o‘sishi va gullab-yashnashi bilan Istanbulda zargarlik sanʼati ahamiyat kasb etdi; Sulton Sulaymon hukmronligi davrida Istanbul dunyoning eng muhim zargarlik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda Istanbulda zargarlik buyumlari yarmarkalari o‘tkazilganligi tarixiy manbalarda ham qayd etilgan.

 

XVI asrga kelib Turkiya o‘zining anʼanaviy zargarlik buyumlarini yasash usullarini takomillashtiradi, ramziy va doimiy dizaynlarni ishlab chiqaradi va zargarlikning oltin davriga kiradi. Turkiyada oltin va ayniqsa kumush zargarlik buyumlari hali ham keng ishlab chiqarilmoqda. Zargarlik buyumlari dizaynida niyello, filigra, to‘qmoq kabi anʼanaviy usullar hali ham qo‘llanilib kelmoqda.

 

Hozirgi kunda ko‘pgina mahalliy dizaynerlar anʼanaviy naqshlarni tarixiy zargarlik usullari bilan uyg‘unlashtirib, ajoyib zamonaviy buyumlar yaratish uchun turli metallar va materiallardan foydalanadilar. Turk zargarlik buyumlari — yoqut, safir va agat kabi qimmatbaho toshlar bilan antik davrni aks etishi, shuningdek turli xil maʼnolarni anglatuvchi oksidlangan metalldan foydalanilishi bilan ajralib turadi.

 

Turk zargarlik buyumlari savdosining markazi Istanbulda, ayniqsa “Kapali charshi” yopiq bozorida va uning atrofida bo‘lib, u yerda hozirda ham ko‘plab usta zargarlar faoliyat yuritishadi. Eng mashhur zargarlar “Kapali charshi” bozorida o‘z zargarlik do‘konlari va savdo markazlariga ega. Qadimiy zargarlik anʼanasiga ko‘ra bu yerdagi zargarlik buyumlari qo‘lda yasalgan. Ushbu tarixiy anʼana va meros “Kapali charshi” zargarlik buyumlarini o‘ziga xosliga aylangan va sifatli bo‘lishini taʼminlagan.

 

Kumush zargarlik buyumlari shunchalik anʼanaviy va keng tarqalganki, siz mamlakatning turli burchaklarida, jumladan, «To‘pkapi» saroy muzeyida tarixiy kumush zargarlik buyumlarini ko‘rishingiz mumkin. Zamonaviy turk zargarlik buyumlari dizaynlari Usmoniylar imperiyasi davridan beri ishlab chiqilgan bo‘lib, kumush va zargarlik hunarmandchiligi oilalarda avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Har yili minglab chet ellik sayyohlar Turkiyaga faqat g‘ayrioddiy va yuqori sifatli zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun kelishadi.

 

Agar sizni antiqa yoki anʼanaviy zargarlik buyumlari qiziqtirsa, zargarlik buyumlarini yasayotgan hunarmandlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz albatta “Kapali charshi” yopiq bozoriga tashrif buyuring. Istanbulda, ayniqsa Galata, Moda va Nishantashi tumanlarida va butun Turkiya bo‘ylab ko‘plab zargarlik butiklarni o‘zingiz uchun kashf qilishingiz mumkin.

custom img

Putin kuzda yangi safarbarlik e'lon qilishi mumkin

Rossiya prezidenti Donetsk va Lugansk viloyatlarining to‘liq nazoratini qo‘lga kiritishni asosiy maqsad deb bilmoqda.

custom img

Eronda Xomanaiyning dafn marosimidan so‘ng otishma yuz berdi

Imom Rizo maqbarasidan 15 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha tergovga to‘sqinlik qilishda ayblanmoqda

Nyu-Meksiko prokurori Adliya vazirliginining Epshteyn ishi bo‘yicha muhim hujjatlarni taqdim etmayotganini ma'lum qildi.

custom img

AQSh va Eron o‘rtasidagi texnik muzokaralar davom etmoqda — Reuters

Vashington Tehronni memorandum shartlariga rioya qilmayotganlikda ayblamoqda.

custom img

O‘zbekistonlik oilalar uchun barcha sharoitlarni yaratamiz — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti O‘zbekiston fuqarolarini, xususan oilalarni Belarusga kelib, yashash va ishlashga taklif qildi.

custom img

Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inida 12 kishi halok bo‘ldi

Halok bo'lganlarning aksariyati avtomobillarda qochishga uringan paytda olov qurshovida qolgan.

custom img

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimi yakunlandi

Marhum Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi, marosimga uning to‘ng‘ich o‘g‘li boshchilik qilgan.

custom img

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga revolver sovg‘a qildi

Sovg‘a ayrim delegatsiyalar uchun qurolni mamlakatiga olib kirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Turkiyada zargarlik sanʼati va sanoati