Jahon

Putinni NATOga taklif qilganman — Bill Klinton

Shuningdek, AQSH sobiq prezidenti alyansning Sharqqa kengaytirilishi to‘g‘ri qaror bo‘lganini aytdi.

Putinni NATOga taklif qilganman — Bill Klinton

 

AQSH sobiq-prezidenti Bill Klinton NATOning Sharqqa kengaytirish to‘g‘ri qaror bo‘lganini maʼlum qildi. Bu haqda u The Atlantic nashriga bergan intervyusida aytgan.

 

“So‘nggi vaqtlarda NATOning kengaytirilishini turli doiralarda tanqid qilishmoqda. Ularning fikricha, aynan shu omil Putinning Ukrainaga hujum qilishiga sabab bo‘lgan. ammo alyans kengaytirilishi bosqichma-bosqich bo‘lgan va men uni to‘g‘ri qaror deb hisoblayman”, – degan Klinton.

 

Sobiq prezident, shuningdek, uning bu qaroriga ko‘pchilik qarshi bo‘lganini taʼkidlagan.

 

“Men bu taklif (NATOni kengaytirish)ni berganimda ko‘pchilik boshqacha fikr bildirgan. Xususan, afsonaviy diplomat Jorj Kennan Berlin devori qulashi va Varshava shartnomasi tashkiloti tugatilishi bilan NATO o‘z funksiyasini bajardi deb hisoblagan. The New York Times tahlilchisi Tom Fridman esa alyansning kengayishi ortidan Rossiya o‘zini haqoratlangan deb xis qilishini va iqtisodiy tomondan o‘zini o‘nglab olgandan so‘ng biz dahshatli javob olishimizdan ogohlantirgandi”, – deb qayd etgan u.

 

Klintonning so‘zlariga ko‘ra, u qayta nizo yuz berish ehtimoli borligini bilgan. Shu bilan birga sobiq prezident Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin va amaldagi rahbar Vladimir Putinni NATOga aʼzo bo‘lish uchun eshiklar ochiqligini aytganini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Rossiya bilan munosabatlar masalasida NATO davlatlari ikkiga ajralgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Putinni NATOga taklif qilganman — Bill Klinton | Zamon.uz