Jahon

Basketbol fanati va “Manchester Yunayted” muxlisi Kim Chen In  haqida nimalar ma’lum?

Bugun uning Shimoliy Koreya rahbari bo‘lganiga 10 yil to‘ldi.

Basketbol fanati va “Manchester Yunayted” muxlisi Kim Chen In  haqida nimalar ma’lum?

 

2012-yilning 11-aprel sanasida u Koreya mehnat partiyasi yetakchisi etib tayinlangan. Quyida dunyoning eng ajabtovur siyosatchilaridan birining hayotiga oid qiziqarli faktlar haqida so‘z boradi.

 

Uning tug‘ilgan yili ma’lum emas

 

Kim Chen In 1982-, 1983- yoki 1984-yilda tug‘ilgan deb taxmin qilinadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zini yoshi kattaroq qilib ko‘rsatishga harakat qiladi. Shuning uchun rasman uning tug‘ilgan yili sifatida 1982-yil qayd etilgan.

 

Bolaligi sirlarga to‘la

KXDR yetakchisining bolaligi haqida ham aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ba’zi manbalarga ko‘ra, 1998-2000-yillarda u Shveysariyada boshqa nom bilan tahsil olgan. Kim bilan birga o‘qiganlar uning hazilkash, sportga qiziquvchan, ammo o‘qishga unchalik qiziqmagan talaba bo‘lganini aytishadi.

 

Uning ismi Shimoliy Koreyada yagona

 

Mamlakatda Kim Chen In nomi boshqalarga qo‘yilishi mumkin emas. Agarda shu holat mavjudligi aniqlansa, darhol ism o‘zgartiriladi. E’tiborlisi, Kimdan oldinga rahbarlar — uning bobosi Kim Ir Sen va otasi Kim Chen Ir davrida ham shunday taqiqlar joriy etilgan.

 

Uning davrida KXDR yadro va vodorod bombasi yaratildi

Uzoq yillar davomida Shimoliy Koreya yadro quroliga egaligini yashirib keldi. Ammo Kim Chen In davrida bu jarayon ochiqlandi. Pxenyan tomonidan o‘tkaziladigan yadro sinovlari ko‘paydi. Xususan, 2022-yilga kelib, har oyda kamida ikki marotaba raketa sinovlari o‘tkazilmoqda. 2015-yilda mamlakat vodorod bombasi yaratilganini e’lon qilgan.

 

 “Manchester Yunayted” va basketbol fanati

Kim Chen In NBA turnirlarini doimiy kuzatib boradi. Uning Shveysariyadagi sinfdoshlari Kimning Maykl Jordan suratlarini chizishni yaxshi ko‘rganini qayd etgan. 2013-yilda esa u basketbolchi Dennis Rodman bilan uchrashadi va uni o‘zining shaxsiy rezidensiyasiga olib boradi. Shuningdek, Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy koreyaliklar yetakchisi “Manchester Yunayted” o‘yinlarini kuzatib boradi.

 

Oilasi

 

KXDR yetakchilari shaxsiy hayoti haqida kamdan–kam ma’lumotlar oshkor qilinadi. Kim Chen In ham bundan mustasno emas. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Li Sol Chjuga uylangan. U Kim Ir Sen nomidagi universitet bitiruvchisi.

 

2017-yil Kim Chen In bilan bog‘liq yangi sensatsion xabar tarqaladi. Unga ko‘ra, KXDR rahbarining akasi Kim Chen Nam Kuada-Lumpur aeroportida kimyoviy modda yordamida zaharlanadi va buning oqibatda vafot etadi. Ko‘pchilik ushbu hodisada Kim Chen Inni ayblagan.

 

Bundan tashqari, Kimning Kim Yo Chjon ismli singlisi ham bor. U davlat boshqaruvida katta o‘rin tutadi. Rasmiy ma’lumotlarga asosan, Kim Yo Chjon mamlakat mehnat partiyasi propaganda va targ‘ibot bo‘limi direktori hisoblanadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Basketbol fanati va “Manchester Yunayted” muxlisi Kim Chen In  haqida nimalar ma’lum? | Zamon.uz