Siyosat

Ismatulla Ergashev germaniyalik hamkasbi bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tgan.

Ismatulla Ergashev germaniyalik hamkasbi bilan muzokara o‘tkazdi

 

2022-yil 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Yasper Vik bilan muzokaralar o'tkazdi.     

 

Suhbat chog'ida O'zbekiston va Germaniyaning afg'on inqirozini tinch yo'l bilan hal etish, shuningdek, ushbu mamlakatga gumanitar yordam ko'rsatish borasidagi sa'y-harakatlar muhokama qilindi.

 

Germaniya tomoni O'zbekistonning Afg'onistondan nemis fuqarolarini evakuatsiya qilish borasida ko'rsatgan yordamiga yuksak baho berib, Afg'onistonda tinchlik va barqarorlik o'rnatish masalasida O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada jadallashtirishga tayyorligini bildirdi. 

 

Yuqori martabali diplomat O'zbekiston tomonindan Afg'onistonga gumanitar yordam ko'rsatish uchun Termiz shahrida BMT shafeligida ko'p funksiyali transport-logistika markazini tashkil etish borasida ilgari surilgan tashabbusning muhimligi va dolzarbligini alohida ta'kidladi.

 

Shuningdek, Afg'onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning yangi hukumatga nisbatan umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish va ushbu davlatda gumanitar inqirozni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

 

O'zbekiston va Germaniyaning afg'on mavzusi bo'yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan birday manfaatdor ekani ta'kidlandi.

 

Avvalroq AQSH Afg‘onistonga gumanitar yordam ajratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Ismatulla Ergashev germaniyalik hamkasbi bilan muzokara o‘tkazdi | Zamon.uz