Xitoy yana koronarekord qayd etdi
Avvalroq Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi — XE aniqlangandi.

Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning yangi antirekordi qayd etildi. Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bugun, 11 aprel kuni 27 595 yangi holat ro‘yxatga olindi.
Bemorlarning katta qismida kasallik simptomsiz o‘tmoqda. Bunday holatlar 26 411 tani tashkil qiladi.
Buning fonida shifoxonada davolanayotganlar soni qisqarmoqda. 11 aprel holatiga ko‘ra koronavirus kasalxonalaridagi bemorlar soni o‘tgan haftadan 13%ga pasaygan.
Koronavirusdan uyida davolanayotganlar soni 2,2 martaga oshib 242,2 ming kishini tashkil etadi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi — XE aniqlangani haqida xabar bergan edik. Olimlar hozirda uning qay darajada xavfli ekanini aniqlamagan. Yangi variant BA.1 va BA.2 "omikron" shtammlari qo‘shilishidan paydo bo‘lgan.







