O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar?
Yurtimizda qancha erkak va ayol yashashi maʼlum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabar berishicha, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etadi.
Bundan;
AYOLLAR SONI – 17 607 934 nafar
ERKAKLAR SONI – 17 825 838 nafar hisoblanadi.
Ushbu davrga ko‘ra, doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 217 904 nafarga ko‘p.
1991 yilda respublikamizda doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan.
Mazkur ko‘rsatkich ,2022 yilning 1 aprel holatiga 49,7 foizni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu ko‘rsatkish 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, qanchani tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.







