Salomatlik

Gonkongda karantin yumshatiladi

Cheklovlarning saqlanib qolishi iqtisodiyotga salbiy taʼsir o‘tkazishi qayd etilgan.

Gonkongda karantin yumshatiladi

 

Gonkong 21 apreldan boshlab koronavirus cheklovlarini yumshatadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. 

 

Yil boshida Gonkongda COVID-19‘ning beshinchi to‘lqini boshlangan edi. Bu biznesga qattiq zarba berdi. shuningdek, so‘nggi ikki oyda kasallik qurbonlari soni 8600 nafarga yetdi.

 

“Aniqlanayotgan holatlar 70 mingdan 1000 tagacha tushdi. Agarda hukumat cheklovlarni yumshatmasa, fikrimcha, bu Gonkong jamiyati va iqtisodiyotiga katta taʼsir o‘tkazadi”, – degan Gonkong administratsiyasi rahbari Kerri Lam.

 

21 apreldan boshlab go‘zallik salonlari, kinoteatr va trenajor zallari qayta ochiladi. Shuningdek, 4 kishigacha bo‘lgan yig‘ilishlarga ruxsat beriladi. Restoranlar kechki soat 22:00gacha ishlashi mumkin. Shu bilan birga bar, plyaj va ayrim rbyektlar faoliyatiga qo‘yilgan taqiqlar kuchda qoladi.

 

 Avvalroq Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"