Finlandiya Ukrainaga harbiy yordam yubordi
Shuningdek, yana ikki davlat Ukraina uchun qurol jo‘natmoqchi.

Finlandiya prezidenti hukumat taklifi bilan Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yuborishga qaror qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Harbiy departament yordam mazmuni, yetkazib berish usullari va muddatlari haqida tafsilotlarni ochiqlanmagan.
Bundan avval Niderlandiya Ukrainaga og‘ir qurollar va zirhli texnikalarni topshirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Shuningdek, Buyuk Britaniya ham tez orada Ukrainaga Starstreak raketalari bilan qurollangan “Stormer HVM” zenit qurollarini yuborishi mumkin.







