Mirobodlik onalar qizlariga maktab psixologi nomaqbul harakatlar qilganidan arz qildi
O‘quvchi qizlarning ota-onalari maktab psixologi farzandlariga nisbatan nomaqbul hatti-harakatlar sodir qilganini aytib murojaat qilgan.

Toshkent shahridagi 158-maktab o‘quvchilarining ota-onalari Nemolchi.uz tahririyatiga murojaat qilib, maktab psixologi A.E. ularning qizlariga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etganini maʼlum qilishdi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilar ota-onalariga psixolog ularni tez-tez darsdan olib qolishini, o‘z xonasida intim xarakterdagi suratlarni ko‘rsatishini va qizlarning tanasining turli qismlarini silashini aytishgan.
“U qizlarning turli joylarini ushlab olar, silar va hatto intim joylarini silagan. Ota-onalarga hech narsa aytmaslikni taʼkidlagan. Qizim psixolog 3-sinfning ko‘plab qizlariga shunday xatti-harakatlar qilgani, lekin ular ota-onalarga aytishga qo‘rqishlarini aytdi. Ayrim ota-onalarning raqamlarini bilganim uchun ularga darhol qo‘ng‘iroq qildim. Bu rost ekani ayon bo‘ldi. Ayrim ota-onalar esa bundan hamon xabarsiz”, - deya ota-onalardan birining so‘zlarini keltiradi Nemolchi.uz loyihasi.
Huquqiy yordam so‘rab o‘quvchilarning kamida 5 nafar ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, maktab rahbariyati oshkoralikka yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘qituvchini o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatishgan. Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, A.E. ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylashtirilgani maʼlum bo‘ldi.
Jarohatlangan bolalar sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Nemolchi.uz loyihasi ushbu masala bo‘yicha Ichki ishlar, Adliya vazirliklari va boshqa organlarga murojaat qilgan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.







