Jahon

Saudiya Arabistoni va AQSH munosabatlari yanada sovuqlashmoqda

The Wall Street Journal bunga doir maxsus material eʼlon qildi.

Saudiya Arabistoni va AQSH munosabatlari yanada sovuqlashmoqda

 

Rossiya-Ukraina harbiy to‘qnashuvi fonida Vashingtonning Saudiya Arabistoni bilan munosabatlari yana-da sovuqlashdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

 

Gazetaning Amerika va saudiyalik amaldorlarga tayanib bergan maʼlumotiga ko‘ra, ikki tomonlama munosabatlar so‘nggi o‘n yillikdagi "eng past bosqichga yetdi".  Hatto 2019 yilda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilganda ham aloqalar bu darajada sovuqlashmagan. O‘sha paytda prezidentlikka nomzod bo‘lgan Jozef Bayden Ar-Riyodni quvg‘indi davlatga aylantirishga vaʼda bergandi.

 

Bu jarayon 2022 yilda, Ukraina inqirozi avjiga chiqqan paytda davom ettirildi. Gazeta manbalarining taʼkidlashicha, Oq Uy Saudiya Arabistoni bilan muloqotda neft qazib olishni ko‘paytirish va shu orqali uning narxini pasaytirishga chaqirgan. Ammo qirollik bunga hech qanday munosabat bildirmagan.

 

"Oxir-oqibat Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Jeyk Sallivan [Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi] Jamol Qoshiqchi o‘limi masalasini ko‘targanda baqirgan va bundan buyon ushbu masalani AQSH bilan muhokama qilmasligini aytgan. Shuningdek, u Vashington neft qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha iltimosini esdan chiqarishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan", — degan nashr manbalaridan biri.

 

Shuningdek, ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, bu kelishmovchiliklar ortidan  Pentagon rahbarining Ar-Riyodga tashrifi bekor qilingan. rasman bu rahbariyat grafigida yuz bergan o‘zgarish bilan bog‘liqligi aytilgan bo‘lsa-da, o‘sha kuni Saudiya Arabistonida Rossiyaning xalqaro sanksiyalar ostidagi amaldori bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

 

Avvalroq Saudiya va BAA yetakchilari Bayden bilan gaplashishni istamagani maʼlum bo‘lgandi. 

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"