Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumanida — foto
Ayni daqiqalarda Davlat rahbari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifining birinchi manzili yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani bo‘ldi.
Tashrif arafasida ushbu tumanda tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Tuman markazi — Yettitom shahri infratuzilmasini yaxshilash loyihasi taqdimot qilindi. Aholi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.





















