Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanidan boshladi

Bu yerda to‘qimachilik klasterida yangi tuman faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanidan boshladi

 

Davlat rahbari shunday Ulug‘ Ramazon oyida ko‘rishib turganidan mamnunligini alohida taʼkidlab, Qoraqalpog‘istondan keyin ikkinchi bo‘lib Qashqadaryoga tashrif buyurgani bejiz emasligi, viloyatga katta rejalar bilan kelganini maʼlum qildi.

 

«Zamonamiz shiddat bilan o‘tyapti. Tahlikali davrda yashayapmiz. Albatta, Qashqadaryoning zabardast, tanti, mard xalqi bor. Lekin yashash sharoiti bo‘yicha afsuski bu viloyat orqada.

Shunday buyuk sarkardalari, yer osti boyligi bor viloyatda aholi bunday sharoitda yashashi noto‘g‘riku.

Xalqimizni rozi qilish uchun ko‘p ter to‘kishimiz kerak. Bu og‘ir va mashaqqatli ish. Viloyatga katta pul bilan keldim, pul topish oson emas. Ammo bu pulni samarali, xalq uchun foydali bo‘lishi uchun metin intizom va aql bilan ish yuritishimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"