Sport

Maktab bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlarining sanasi aniq bo‘ldi

Joriy o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi.

Maktab bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlarining sanasi aniq bo‘ldi

 

Maktab bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlarining sanasi maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Xalq taʼlim vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova xabar berdi.

 

XTV xabariga ko‘ra,umumtaʼlim maktablarda 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.

 

Maʼlumotga ko‘ra, 9- va 11-sinf- bitiruvchilari  odatdagidek , qarorda belgilangan fanlardan imtihon topshiradilar.

 

Shuningdek, bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 2-7 may sanalaridan 11-14 may kunlariga ko‘chiriladi.

 

Joriy o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi.

 

Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat sertifikatga ega hamda chet tili fani bo‘yicha V1 va undan yuqori V2, S1, S2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar tegishli fandan hamda chet tili fanidan yakuniy nazorat imtihonlaridan ozod etiladi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"