Ta'lim

Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

2022-yil 1-iyundan boshlab 2 toifadagi abituriyentlardan test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

 

Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

 

— «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

— «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar.

 

Endilikda 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

 

Maʼlumot uchun, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi qaroriga ko‘ra, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

 

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

 

— test sinovlari tashkil etilayotgan yilda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;

— nogironligi bo‘lgan shaxslar;

— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

 

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"