Jahon

Saudiyalik shahzodalarga pul yetishmayapti — The Wall Street Journal

Gazeta qirollik oilasi aʼzolarining “kambag‘allashuvi” sabablarini ochiqladi.

Saudiyalik shahzodalarga pul yetishmayapti — The Wall Street Journal

 

Saudiya Arabistoni qirollik oilasi aʼzolari so‘nggi yillarda 600 million dollarlik mulk sotgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

 

Bunga so‘nggi yillarda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan moliyaviy siyosatning qatʼiylashtirilishi sabab bo‘lgan. Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, avvalroq qirollik xonadoni vakillari har oyda g‘aznadan 30 million dollar olib turgan. Ammo valiahd shahzoda endilikda ularning ko‘plab daromad manbalaridan mahrum qilgan. Xususan, shahzodalar bundan buyon davlat hisobidan xorijda dam ololmaydi, shuningdek, suv va elektrga o‘z yonidan pul to‘laydi. Bundan tashqari, beshtadan ortiq uy xizmatchilari uchun 2.5 ming dollar jarima to‘lanishi kerak. Bu Saudiya Arabistoniga bir necha yuz million dollar mablag‘ tejash imkonini beradi.

 

Gazetada taʼkidlanishicha, qirollik oilasining ayrim aʼzolariga xizmatkorlar shtatini taʼminlash va ko‘plab to‘lovlar uchun naqd pul yetishmaydi. Boshqalar esa ortiqcha eʼtiborni tortmaslik uchun keraksiz mulklarni sotib yuborgan.

 

Masalan, mamlakatning AQSHdagi sobiq elchisi Banden bin Sulton al Saud Buyuk Britaniyada umumiy qiymati 155 million dollar bo‘lgan hashamatli uyini, ikki yaxta va qimmatli buyumlarini sotib yuborgan. O‘z navbatida uning vakili buni shahzodaning Saudiyaga investitsiya kiritish istagi bilan bog‘lagan.

 

Avvalroq Saudiya Arabistoni va AQSH munosabatlari yana-da sovuqlashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"