Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi
Bu haqda Sadir Japarov maʼlum qildi.

May oxirida Qirg‘izistonda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga aʼzo davlatlar rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 26 may kuni Shavkat Mirziyoyev Bishkekka rasmiy tashrif bilan boradi. 27 mayda esa YEOII sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda barcha aʼzo davlatlar prezidentlari ishtirok etadi.
Avvalroq Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







