Jahon

Belarus Toshkentga qanday tramvay yetkazib bera oladi?

Avvalroq mamlakat Bosh vaziri Minsk tramvay yo‘li loyihalarida ishtirok etishga tayyorligini aytgandi.

Belarus Toshkentga qanday tramvay yetkazib bera oladi?

 

Ma’lumki, 2023 yildan boshlab Toshkentda tramvay yo‘llarini qurish ishlari boshlanadi. Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko 25 aprel kuni Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Minsk tramvay bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. 

 

Shu kunlarda poytaxtimio‘da o‘tkazilayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” II xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ko‘plab Belarus kompaniyalari ham ishtirok etmoqda. Ular orasida avtobus, tramvay va trolleybuslar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan “Belkommunmash” – BKM Holding ham bor. Zamon.uz ushbu yirik ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori Oleg Biyko bilan suhbat uyushtirdi.

 

BKM Holding: uning eksport geografiyasi va hamkorlari

 

— Faoliyatimizga salkam 50 yil bo‘ldi. Hozirda “Belkommunmash” ishlab chiqargan tramvaylardan Belarusdan tashqari, Qozog‘iston va Rossiyada ham foydalaniladi. Xususan, Qozog‘istonning Pavlodar shahrida biz ishlab chiqargan tramvaylar yuradi. 


Mahsulot ishlab chiqarishda, asosan, Belarusning o‘zida yaratilgan ehtiyot qismlaridan foydalaniladi. Yevropa bilan bog‘liq so‘nggi voqealar (sanksiyalar)ning ta’siri, albatta, sezildi. Shu sababli, Gʻarbdan sotib oladigan komponentlarni Xitoydan xarid qilyapmiz. Ammo bu mahsulot sifatiga katta ta’sir o‘tkazmaydi. 


Shu bilan birga, Yevropaga ham eksportimiz bor. Masalan, o‘tgan yili Bolgariyaga trolleybus yetkazib berganmiz. Bu yil Bosniya va Gersegovinadan ham trolleybuslarga buyurtma tushgan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada – BKM Holding  ishlab chiqargan elektrobuslardan foydalaniladi. 


Tramvay narxi, uning boshqa raqobatchi mahsulotlardan afzalligi tramvay narxi o‘rtacha 350 ming yevro. Agarda unga qo‘shimcha qulayliklar (masalan, yozda kondisioner) qo‘shiladigan bo‘lsa, 500 ming yevrogacha boradi. 


Fikrimcha, bizning boshqa kompaniyalarning shu turdagi mahsulotlardan farqi uning arzonligida bo‘lsa kerak. Masalan, asosiy raqobatchilarimizdan biri bo‘lgan Rossiya tramvaylaridan biz ishlab chiqargan mashinalar ancha arzon. 


Kichik hajmli tramvay 28 o‘rindiqli, umumiy sig‘imi 165 kishiga mo‘ljallangan. 


Albatta, bizni Toshkentda tramvay yo‘nalishi qayta ochilishi mumkinligidan xabarimiz bor. Agarda tenderda g‘olib bo‘lsak, eng sifatli mahsulotlarnt yetkazib beramiz.

 

Muallif: Jahongir QO'ZIYEV

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"