Jamiyat

Uy-joy fondi inspeksiyasi: 32 ta shirkat 3,5 mlrd so‘mni talon taroj qildi

Toshkentdagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari firibgarligi fosh qilindi

Uy-joy fondi inspeksiyasi: 32 ta shirkat 3,5 mlrd so‘mni talon taroj qildi

 

Aholi murojaatlariga asosan, Uy-joy fondi inspeksiyasi Toshkent shahridagi uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini o‘rganmoqda.Ular tomonidan 311,6 mln so‘m mablag‘ talon taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Uy-joy xizmat kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, 32 ta shirkat tomonidan 28 ta holatda, jami 3,5 mlrd so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflangani yoki talon-taroj qilinganligi aniqlandi.

 

  •  Mirzo Ulug‘bek tumanida jami 409,9 mln so‘m;
  • Yunusobod tumanida jami 563,7 mln so‘m;
  • Yashnobod tumanida jami 625,0 mln so‘m;
  • Sergeli tumani «Mehnat Rohat Servis» shirkatida – 92,9 mln so‘m;
  •  Yakkasaroy tumanida jami 377,0 mln so‘m;
  •  Olmazor tumanida jami 245,2 mln so‘m;
  •  Chilonzor tumanida jami 196,9 mln so‘m;
  •  Uchtepa tumanida jami 753,1 mln so‘m;
  • Mirobod tumanida – 15,2 mln so‘m;
  •  Bektemir tumanida jami 176,6 mln so‘m majburiy badal mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

 

 

 

Uy-joy fondi inspeksiyasi: 32 ta shirkat 3,5 mlrd so‘mni talon taroj qildi | Zamon.uz