Bir sutka 33 soatga tengmi?
2-sinf matematika darsligida 1 sutka kamida 33 soat deb yozilgan.

Holatga Xalq taʼlim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Darslikda keltirilishicha, bolalar vaqtni soat bo‘yicha to‘g‘ri aniqlash kerak bo‘lgan darsda quyidagicha maʼlumot berilgan:
08:33 — 27 takam 21;
09:39 — 21 takam 33 ekani ko‘rsatilgan.

Xalq taʼlim vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi vakili Xolmirza Yusupov ushbu darslikda ruscha tarjimada xatolikka yo‘l qo‘yilganini tan olgan.
«Biroq nashriyotdagi darsliklarning aksariyati qayta ko‘rib chiqilib, nashr etilgan. Cheklangan miqdordagi darsliklardagina xatolar saqlanib qolgan», — deya izoh keltirgan taʼlim markaz rasmiysi.







