Jamiyat

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi qancha?

Statqo‘m o‘rtacha ish haqi statistikasini eʼlon qildi.

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi qancha?

 

Maʼlum qilishicha, 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3 mln 426,8 ming so‘mni tashkil etib, (o‘tgan yilning yanvar-mart oylarida 2 mln 876,4 ming so‘m bo‘lgan) 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 19,1 foizni tashkil qilgan. 

 

Iqtisodchilarning taʼkidlashicha, maoshlar oshgani ortidan hududlar kesimida ham, tarmoqlar kesimida ham tengsizlik kuchayib bormoqda. 

 

Tibbiyot xodimlari hamda taʼlim sohasi vakillarining maoshi esa hamon o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past darajada qolmoqda. 

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi qancha? | Zamon.uz