Jamiyat

Yurtimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘ladi.

Yurtimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

 

Hashar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, moʻtabar maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yana-da faol olib boriladi. Umumxalq xayriya hashari doirasida aholining ehtiyojmand qatlamlari yana-da faol qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Yurtimizda jadal surʼatda olib borilayotgan "Yashil  makon" umummilliy loyihasi doirasida barcha turar joy mavzelari, mahallalarda gul ko‘chalari, manzarali va mevali daraxtlar ekish, oqlash va butash ishlari amalga oshiriladi.

 

Umumxalq xayriya hashari doirasida bo‘lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-taʼmirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘ymagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlari olib boriladi.

Yurtimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi | Zamon.uz