Jamiyat

Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Ramazon hayitining birinchi kuni — Shavvol hilolini kuzatish bo‘yicha xabarnoma eʼlon qildi.

Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

 

Unga ko‘ra, O‘MIda Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida yangi oyni kuzatish bo‘yicha taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. 

 

Mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni — Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatib bormoqda.

 

Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.

 

Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi maʼlumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.