Siyosat

Prezident pensiya va nafaqalarni 1-maydan 12 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi

Shuningdek, 9-may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi.

Prezident pensiya va nafaqalarni 1-maydan 12 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi

 

1-maydan eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi ham 14 foizga oshiriladi (440 ming so‘mdan 500 ming so‘mga).

Mutasaddilarga:

- yolg‘iz yashayotgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlarni yetkazish;

- urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni  tantanali ravishda topshirish;

- 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovg‘a-salomlar yetkazish topshirildi.

Shuningdek:

-  35 mingga yaqin parvarishga muhtoj bolalarning onalariga 500 ming so‘m nafaqa to‘lash joriy etildi;

- ishga qabul qilingan bolalikdan nogiron hamda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar oyligining 2,5 million so‘mgacha qismi daromad solig‘idan ozod qilindi;

- ish beruvchilarga ular tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi byudjetdan to‘liq qaytarib berilmoqda;

- 900 mingga yaqin aholiga to‘lanadigan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori bir yo‘la 40 foizga yoki 300 ming so‘mdan 440 ming so‘mgacha oshirildi;

- nafaqa oluvchi oilalar soni 2016 yilgi 466 mingdan 2022 yilda 1 million 860 mingtaga yetkazildi yoki 4 baravarga oshdi;

- joriy yilning o‘tgan davrida “temir daftar”, “yoshlar” va “ayollar” daftarlari, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga ko‘mak berildi.


Mamlakatimizda 3 milliondan ortiq yoki aholining qariyb 9 foizini nuroniylar tashkil etadi.

Keksalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olib, har kuni g‘amxo‘rlik qilish, e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha mahalla darajasida tizim yaratiladi. Jumladan:

- 16 mingdan ziyod o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz yashovchi keksalarning har yili sanatoriylarda davolanishi tashkil etiladi;

- 25 ming nafar sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori-darmonlari, protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi, jarrohlik amaliyotlariga xarajatlari ham byudjetdan qoplab beriladi;

- nuroniylar uchun stadion, tennis-kort, sport zallari, basseyn kabi sport inshootlariga oylik abonementining 540 ming so‘mgacha qismi qoplab beriladi;

- keksalarning teatr va muzeylarga chipta olish xarajatlari ham to‘liq qoplab beriladi.

Turizm vaziriga viloyat hokimlari bilan birga 1 maydan boshlab keksa avlod vakillarini ziyoratgohlar, yangi barpo etilgan bog‘lar, madaniyat majmualari va markazlariga sayohatlarini boshlash topshirildi.


Yig‘ilishda keksa yoshdagi hamda ehtiyojmand aholini moddiy qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

1 iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming so‘m miqdorida ustama tayinlanadi. 

Bundan tashqari, ularga kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million so‘mdan kompensasiya to‘lash tartibini joriy etiladi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, viloyat, tuman va shahar hokimlariga mahalliy byudjetlar, “daftarlar” jamg‘armalari va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bu savobli ishlarning qamrovini kengaytirish topshirildi.

Prezident nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada kengaytirilishini ta’kidladi. Jumladan: 

- 1 maydan boshlab nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ishga olgan korxonalarga 6 oy davomida har bir bunday xodimi uchun 400 ming so‘mdan subsidiya beriladi;

- o‘zini o‘zi band qilgan va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratiladi, ular kasb-hunarlarga davlat hisobidan o‘qitiladi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"