Jamiyat

Endi “dekret” pulining bir qismini davlat to‘lab beradi

1 avgustga qadar “dekret” pullarini to‘lash jarayonini to‘liq raqamlashtiriladi.

Endi “dekret” pulining bir qismini davlat to‘lab beradi

 

Ko‘plab ish beruvchilar homiladorlik nafaqasini to‘lashda ortiqcha xarajat qilmaslik uchun ayollarni rasmiy ishga olmaslikka harakat qiladi. Endilikda bu muammoga qonunan yechim bor.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida 2022 yil sentabrdan boshlab “dekret” to‘lovlarining bir qismini davlat byudjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etilishi maʼlum  qilindi.

 

Yig‘ilishda ishchi-xodimlarning samarali faoliyati uchun 3 ta asosiy ijtimoiy masalada (kasallik, ishsiz qolish, homiladorlik) bosqichma-bosqich kafolatli himoyalash tizimi joriy etilishi taʼkidlandi.

 

Norasmiy sektorda ayollar ulushi 57 foizni tashkil qilmoqda.Mazkur ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida 1 sentabrdan Moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaga joriy yilda byudjetdan 170 milliard so‘m ajratiladi.

 

Mutasaddilarga 1 avgustga qadar “dekret” pullarini to‘lash jarayonini to‘liq raqamlashtirish topshirildi.

Endi “dekret” pulining bir qismini davlat to‘lab beradi | Zamon.uz