O'zbekiston

Ayrim toifadagi shifokorlarga qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi

Falsafa doktori ilmiy darajasini olgan xodimlar mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 15 baravarida ustama olishadi.

Ayrim toifadagi shifokorlarga qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi

 

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan davlat tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlarini rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.


   
Qayd etilishicha, mazkur tizim xalqaro reytinglarda tibbiyot yo‘nalishida birinchi 200 talikka kirgan oliy o‘quv yurtlarining klinik ordinatura (rezidentura), magistratura mutaxassisligini tamomlagan va falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan tibbiyot xodimlariga tatbiq etiladi.

 

Nomzodlar tomonidan arizalar muassasaning kadrlar bo‘limiga topshiriladi. Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgach, vazir buyrug‘i orqali rag‘batlantiriladi.


 
Nomzodlarning lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustama vazir buyrug‘i chiqqan kundan boshlab bir yil davomida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining quyidagi baravarida belgilanadi:

 

—klinik ordinatura (rezidentura), magistratura mutaxassisligini tamomlagan tibbiyot xodimiga – yetti baravari;

—falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan tibbiyot xodimiga – o‘n besh baravari.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyot oliygohi talabalari uchun vazir stipendiyasi ta’sis etilgandi. Uning miqdori Ibi Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan.

 

custom img

Tarixiy merosdan — jahon muloqoti sari: xalqaro mediaforum O‘zbekiston va dunyoga nima berdi?

Forumning markaziy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. Aynan shu yerda ishtirokchilar tarixiy meros zamonaviy xalqaro media muloqoti uchun qanday asos bo‘lishi mumkinligini amalda ko‘rdilar.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Bishkekda bo‘ladi

Prezident SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Marosim O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ifodaladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston – Hindiston sherikligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi

custom img

Hindiston Bosh vaziri “Oliy darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Mazkur mukofot ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri tor va kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdi

Har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.

custom img

Hindiston Bosh vaziri Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

“Oydin dehqon bozori”da yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Jarohatlanganlar yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"