“Nexia” dan oyog‘ini chiqargan haydovchi jazolandi
Сирдарёда машина ойнасидан оёғини чиқариб ҳаракатланган ҳайдовчи жазоланди

Ijtimoiy tarmoqda Nexia avtomobili haydovchisi qoidani buzgan holda transport vositasidan tana qismini (oyog‘ini) chiqarib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda YHXX rasmiy sahifasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, video yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ushbu Nexia haydovchisi Sh.T.ga nisbatan tegishli chora ko‘rilib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Shuningdek, videolardagi qolgan qoidabuzarliklar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







