Bo‘stonliqda sharsharada selfiga tushmoqchi bo‘lgan fuqaro qoyadan qulab tushdi
Oqibatda, uning son suyagi singan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bir kishi sharsharada selfiga tushmoqchi bo‘lib, qoyadan qulab tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2 may kuni soat 15:00 da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Soi Mazor sharsharasi cho‘qqisiga dam olgani chiqqan fuqaro baxtsiz hodisaga uchragani haqida xabar kelib tushgan.
Maʼlum bo‘lishicha, u selfiga tushmoqchi bo‘lganida sirpanib, balandlikdan yiqilib, oyog‘i singan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Dam oluvchiga son suyagi sinishi tashxisi qo‘yilgan.







