Jahon

Filippindagi yong‘in oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Ular orasida bolalar ham bor.

Filippindagi yong‘in oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

 

Rasmiylarga ko‘ra, Filippin poytaxti Manila yaqinidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida sakkiz kishi, jumladan, olti bola halok bo‘lgan.

 

Mahalliy vaqt bilan soat 05:00 da boshlangan yong‘in oqibatida 80 ta uy yonib ketgan. Fojia Keson-Sitidagi Filippin universitetining katta kampusi ichidagi aholi zich joylashgan qishloqdagi turar-joy binosining ikkinchi qavatida boshlangan. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani nomaʼlum.

 

O‘t o‘chiruvchi Greg Bichaydaning AFPga aytishicha, yong‘inni o‘chirishga ikki soatdan ko‘proq vaqt ketgan.

 

«Yong‘in juda tez tarqaldiki, jabrlanganlar uylarini tark etishga ulgurmagan», — dedi u.

 

Shuningdek, u halok bo‘lganlarning 6 nafari bolalar ekanini, biroq ularning aniq yoshi haqida maʼlumot berilmaganini aytdi.

 

«Bu yerdagi uylar yengil materiallardan qurilgan. Yong‘in boshlanganda odamlar nima qilishni bilmay sarosimaga tushdi. Stansiyamiz yaqin bo‘lsa-da, biz bilan bog‘lana olishmadi», — dedi Bichayda.

 

Eslatib o‘tamiz, Filippin dunyodagi aholi eng zich joylashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"