Jamiyat

Gaz taʼminotiga oid murojaatlarni ko‘rib chiquvchi shtab tuzildi

Shtab o‘zaro hisob-kitoblarni real vaqtda tahlil qilish, xatolarni topish va kamchiliklarni tuzatish bilan shug‘ullanadi

Gaz taʼminotiga oid murojaatlarni ko‘rib chiquvchi shtab tuzildi

 

“Hududgaztaʼminot” AJda tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni aniqlashtirish bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun shtab tashkil etildi.

 

Shtabga 1104 yoki 71 281-15-67 (310) raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shuningdek, Telegram ilovasida "Hududgaztaʼminot AJ ishchi guruhiga murojaat" guruhi ishga tushirildi. 

 

Shtabning tuzilishi o‘zaro hisob-kitoblarni real vaqtda tahlil qilish, to‘lovlar va tabiiy gazni isteʼmol qilish hajmlarini solishtirish, xatolarni topish va kamchiliklarni tuzatish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi.

Gaz taʼminotiga oid murojaatlarni ko‘rib chiquvchi shtab tuzildi | Zamon.uz