Jahon

AQSHning birinchi xonimi Ruminiyaga tashrif buyurdi

U safari chog‘ida ukrainalik qochqinlar bilan uchrashgan.

AQSHning birinchi xonimi Ruminiyaga tashrif buyurdi

 

AQSH birinchi xonimi Jill Bayden Ruminiya poytaxti Buxarestga tashrif buyurdi. U bir guruh ukrainalik qochqin onalar bilan uchrashdi. 


U ayollarni kuchi va chidamliligi uchun maqtagan.


Virjiniyadagi jamoat kollejida ingliz tili va yozuvdan  dars beradigan Bayden xonim Ruminiya va Slovakiya bo‘ylab safarda bo‘lib, bu mamlakatlarda joylashtirilgan amerikalik harbiylar va qochqinlar bilan uchrashmoqda. Prezident Jo Baydenning rafiqasiga Ruminiyaning birinchi xonimi Karmen Yoxannis hamrohlik qildi.

 

Rossiya bosqinini boshlaganidan beri 910 mingga yaqin ukrainaliklar Ruminiyaga qochib o‘tdi. Xayriya tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va davlat idoralari oziq-ovqat, boshpana va transport bilan ta’minlash uchun minglab ko‘ngillilar bilan birga ish olib bormoqda.

 

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"