O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirda
TIV tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirgan.

«Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, BMT Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur.
Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz», — deyiladi xabarda.







