Rossiyalik san’atkorlarning Litvaga kirishi taqiqlandi
Qora ro‘yxatda Filipp Kirkorov ham bor.

Qo‘shiqchi Filipp Kirkorov, yumorchilar Evgeniy Petrosyan va Vladimir Vinokurning Latviyaga kirishi taqiqlandi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Twitterda ma’lum qildi.
“Immigratsiya to‘g‘risidagi qonunning 61-moddasi 2-bandidan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Kirkorov F., Vinokur V., Petrosyan E. va Usmonova I.ni Latviya Respublikasiga kiritmaslika qaror qilindi”, — degan u.
Xabarga ko‘ra, cheklovlar noma’lum muddatga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kirkorov va qo‘shiqchi Polina Gagarinaga Estoniyaga kirish taqiqlangan edi.







