Jamiyat

Qalbaki AQSH dollarini so‘mga ayirboshlagan jinoyatchilar fosh bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Qalbaki AQSH dollarini so‘mga ayirboshlagan jinoyatchilar fosh bo‘ldi

 

Toshkent shahri Yashnobod tumanida qalbaki AQSH dollarini bankomat orqali so‘mga ayirboshlagan fuqarolar ushlandi.

 

Fuqaro S.F. va boshqalar Parkent ko‘chasida joylashgan AITB “Ipak yo‘li bank” filialiga tegishli bankomatdan qalbaki 2 000 AQSH dollarini so‘mga ayirboshlab olishgan. Mazkur jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan Amaliyot boshqarmasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh bo‘ldi.

 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qalbaki AQSH dollarini so‘mga ayirboshlagan jinoyatchilar fosh bo‘ldi | Zamon.uz