Jahon

Qishloq xo‘jaligi vaziri BMT konferensiyasida ma’ruza qildi

Vazir sessiyada oziq-ovqat xavfsizligi, agro oziq-ovqat tizimlari va boshqa masalalarga to‘xtalgan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri BMT konferensiyasida ma’ruza qildi

 

10–13 may kunlari Polshaning Lodz shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yevropa mintaqaviy konferensiyasining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi a’zolari ishtirok etmoqda. 


Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Mintaqaviy konferensiya rasmiy forum bo‘lib, uning doirasida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi FAOga a’zo barcha mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari va boshqa yuqori darajadagi rasmiylari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ilishadi va bu bilan mintaqaning oziq-ovqat tizimlari barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shishadi.


O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev konferensiyada so‘zga chiqib, FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy konferensiyasining 32-sessiyasi yakunlari bo‘yicha ma’ruza qildi. Vazir 2020-yil noyabr oyida mazkur konferensiyaning 2022-yilgacha raisi etib saylangan edi.

 

Vazir oziq-ovqat xavfsizligi, agro-oziq-ovqat tizimlari va boshqa ko‘plab sohalarga oid masalalarga to‘xtaldi. Shuningdek, u mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik va FAO bilan hamkorlik muhimligini ham ta’kidlab o‘tdi. FAO mintaqaviy byurosi 2020-2022-yillarda mintaqaviy konferensiyaga samarali va konstruktiv raislik qilgani uchun vazir Xodjayevga minnatdorchilik bildirdi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"