Salomatlik

Inson aʼzolari va to‘qimalarining transplantatsiyasiga ruxsat etiladi

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasining o‘tgan yilgi majlisida ko‘rib chiqilgan edi.

Inson aʼzolari va to‘qimalarining transplantatsiyasiga ruxsat etiladi

 

O‘zbekistonda endi tirik donor yoki inson murdasidan olingan aʼzolari transplantatsiyasiga ruxsat beriladi. Bu “Inson aʼzolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilab qo‘yildi.

 

Mazkur hujjat inson aʼzolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

 

Tirik donor yoki inson murdasidan olingan inson aʼzolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiya obyektlari bo‘lishi mumkinligi Qonunda isbotini topgan. Ularning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Sunʼiy ravishda yetishtirilgan aʼzolar transplantatsiya obyektlari bo‘lmaydi. Shuningdek, qonunning amal qilishi:

 

  • insonning ko‘payishiga taalluqli bo‘lgan aʼzolar va to‘qimalarning transplantatsiyasiga;
  • aʼzolar va to‘qimalarning autogen (bir shaxsning o‘zi tirik donor va retsipiyent bo‘ladi) transplantatsiyasiga;
  • qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Maʼlumot o‘rnida, Ushbu Qonun loyihasi 2021-yil 2-noyabrdagi Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilgan edi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"