Jahon

Turkmanistonda qo‘l ushlashib yurgan yigit-qizlar hibsga olinmoqda

Mamlakatda ayollarning xulq-atvori va tashqi ko‘rinishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Turkmanistonda qo‘l ushlashib yurgan yigit-qizlar hibsga olinmoqda

 

Turkmanistonning Maryam shahrida o‘nlab juftliklar jamoat joylarida qo‘l ushlashgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, politsiya xodimlari ularni “an’anaviy ijtimoiy me’yorlar”ni buzganlikda ayblagan. Hibsga olinganlar kelajakda o‘z his-tuyg‘ularini oshkora ko‘rsatmaslik va’dalariga imzo chekkanlari uchun qo‘yib yuborilgan. 

 

Ta’kidlanishicha, Turkmanistonda qo‘l ushlashish rasman taqiqlanmagan. Serdar Berdimuhamedov hokimiyatga kelganidan so‘ng mamkakatda aholi, ayniqsa, ayollarning xulq-atvori va tashqi ko‘rinishi ustidan nazorat kuchaytirilgan. Aprel oyidan boshlab lab kattalashtirish yoki tatuirovka kabi kosmetik operasiyalarga taqiq joriy qilingan. 


Davlat korxonalari xodimlari ishdan bo‘shatish tahdidi ostida kosmetikani rad etish to‘g‘risida tilxat yozishga majbur bo‘lishgan. O‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida manikyur va pedikyurga yo‘l qo‘yilmasligi haqida "tushuntirish suhbatlari" o‘tkazilgan. 


Bundan tashqari, rasmiylar ayollarga avtomobilning oldingi o‘rindig‘iga o‘tirishni taqiqlagan. Haydovchilarga ham endilikda qarindoshlari bo‘lmagan ayollarni olib yurishiga ruxsat berilmaydi: yo‘l harakati polisiyasi ayollar bo‘lgan joyda mashinalarni to‘xtatib, haydovchi bilan qarindoshlik aloqalarini isbotlashni talab qila boshlagan.


Hukumatga yaqin manbalarga ko‘ra, rasmiylar ayollarning xorijga chiqishini taqiqlash masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Shunda ular xorijda davolanishga muhtoj bo‘lgan taqdirdagina Turkmanistonni tark etishlari mumkin bo‘ladi.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"