Isroil 21-maydan karantin cheklovlarini bekor qiladi
Jumladan, mamlakatga kirishda endi PZR testi talab qilinmaydi.

21-maydan boshlab Isroil hukumati mamlakatga kirishdan oldin koronavirus uchun test o‘tkazish talabini bekor qildi.
PZR testlarini o‘tkazish talabini bekor qilish isroilliklarga ham, sayyohlarga ham tegishli.
Aprel oyida mamlakatda uyda va tashqarida niqob taqish talabi bekor qilingan edi. Lekin xalqaro parvoz paytida niqobda bo‘lish talabi saqlanib qolgan. Shuningdek, Isroilga kirishda koronavirusni davolash uchun tibbiy sug‘urta olish kerak.







