Saudiyada ayollardan iborat ekipaj tuzildi
Ayollar boshqaruvidagi samolyot ichki reyslarni amalga oshiradi.

Saudiyaning “Flyadeal” aviakompaniyasi qirollik tarixida ilk bor to‘liq ayollardan iborat ekipaj reysini tashkil qildi. Bu haqda “The National” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Airbus–320” samolyoti Ar-Riyod—Jidda yo‘nalishi bo‘yicha ichki reysni amalga oshirgan. Ekipajning barcha a’zosi, xususan, uchuvchilar va styuardessalar ham ayollardan iborat.
“So‘nggi yillarda qirollikda ayollarga katta huquq va imkoniyatlar berilganidan so‘ng, saudiyalik ayollar ko‘plab sohalarda, jumladan, aviasiyada ham o‘zlarini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.
Endilikda qirollik mavjud milliy aviatashuvchilardan tashqari yana bir aviakompaniyani ishga tushirishni va Ar-Riyodda yirik xalqaro ayeroport qurishni rejalashtirmoqda.







