Chirchiqda maktab oʻquvchilari 58 yoshli erkakni besabab kaltakladi
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ikki nafar maktab yoshidagi bola 50-60 yosh orasidagi erkak kishini haqorat qilib, urganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea 2022-yil 21-may kuni soat 17:30 atrofida sodir boʻlgan. 2007-yilda tug’ilgan ikki nafar 8-sinf oʻquvchisi N.L va E.A. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, odob-axloq nomalariga zid ravishda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya hududida 58 yoshli R.A. ni hech bir sababsiz urib, bezorilik qilgan.
2008-yilda tug’ilgan A.N. (7-sinf oʻquvchisi) mazkur jarayonni uyali aloqa vositasida videotasvirga olgan. Keyinchalik videolavha ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.
IIB masʼul xodimlari ushbu oʻquvchilar yashovchi mahallaga borib, kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida mahalla ahli, ularning ota-onasi va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama oʻtkazgan.








