Jamiyat

Qora bozorda turkman manatini dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida 213 ming Turkmaniston manati 13 ming AQSH dollari va 60 mln so‘mga ayriboshlangan

Qora bozorda turkman manatini dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari tomonida o‘tkazilgan reydda fuqarolar R.B. va O.A.lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro R.ga 77,9 ming Turkmaniston manatini 6 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xuddi shunday holat, Chilonzor tumanida joylashgan “Korzinka” savdo markazi oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.A. va A.Q.lar o‘zaro til biriktirib, 213 ming Turkmaniston manatini fuqaro R.ga 13 ming AQSH dollari va 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Qora bozorda turkman manatini dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi | Zamon.uz