Jamiyat

Samarqandda chet ellik sayyohlarga elektroshoker qo‘llashdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Samarqandda chet ellik sayyohlarga elektroshoker qo‘llashdi

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Samarqand shahrida IIB xodimlari va sayyohlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. IIV axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 20 maydan 21 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga mehmonga kelgan sayyohlarni shaxsini tekshirish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiisteʼmol qilganlar.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga masʼul rahbarlarining xizmatdan bo‘shatilishi va javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga masʼul rahbarlarining xizmatdan bo‘shatilishi va javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi.

Samarqandda chet ellik sayyohlarga elektroshoker qo‘llashdi | Zamon.uz