Jamiyat

Buxoro shahriga “Jahon hunarmandchilik shahri” maqomi berildi

Mazkur maqom Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan taqdim etildi

Buxoro shahriga “Jahon hunarmandchilik shahri” maqomi berildi

 

Buxoroning Ark qo‘rg‘onida «Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali» hamda «Milliy kashtado‘zlik sanʼati festivali» ning tantanali yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanada Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al Kaddumiy so‘zga chiqdi.

 

Ilk marotaba tashkil etilgan Xalqaro festivalda Afg‘oniston, Jazoir, Argentina, Armaniston, Avstraliya, Avstriya Ozarbayjon, Baxrayn, Bangladesh, Belarusiya, Belgiya, Butan, Braziliya, Bolgariya, Kanada, Chili, Xitoy, Kolumbiya, Xorvatiya, Misr, Fransiya, Gruziya, Vengriya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Isroil, Italiya, Iordaniya, Qozog‘iston, Quvayt, Qirg‘iziston, Laos, Livan, Malaziya, Mali, Meksika , Marokash, Namibiya, Yangi Zelandiya, Pokiston, Falastin, Rossiya, Shotlandiya, Serbiya, Shri Lanka, Ispaniya, Shvetsiya, Tojikiston, Tayland, Liderlandiya, Tunis, Turkiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, AQSH, Vetnam, O‘zbekiston davlatlari ishtirok etdi.

 

Buxoro shahriga “Jahon hunarmandchilik shahri” maqomi berildi | Zamon.uz