Nur-Sultondan Toshkentga ketmoqchi bo‘lgan yo‘lovchining dollarlari "ucha olmadi"
Holat yuzasidan maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi.

Qozog‘istonda Toshkentga 21,6 ming dollar bilan uchib ketmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi ushlandi.
Xabarga ko‘ra, Nur-Sulton-Toshkent reysida parvozni amalga oshirayotgan yo‘lovchi o‘zi bilan 9 million tengeni olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.
Qoidabuzarlikka “Әuyejay-Astana” bojxona boshqarmasi xodimlari MXQ Chegara xizmati va Aeroport nazorati xizmati bilan hamkorlikda chek qo‘yilgan.
«Fuqaro D qo‘l yukini rentgen tekshiruvidan o‘tkazgandan so‘ng, yo‘lovchi yuk bo‘limiga chaqirilgan. Tekshiruv davomida uning sumkasidan 21 650 AQSH dollari (9 million tenge) topilgan. Mazkur holat yuzasidan maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi», — deyiladi agentlik xabarida.







